📚 Ma’naviyat, ma’rifat va huquqiy madaniyat — yoshlar tarbiyasining muhim omili.
Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida o‘tgan hafta davomida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, fuqarolik mas’uliyati va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-2-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda Ichki ishlar organlari hamda Mahalla uyushmasi vakillari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unda jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi, yoshlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Shuningdek, institutda “Kelajak soati” rukni doirasida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Millat shavkati” nomli maqolasi yuzasidan fikr almashilib, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy mas’uliyat masalalari atroflicha tahlil qilindi.
Mazkur tadbirlar yoshlarning nafaqat kasbiy bilimlarini, balki ularning ma’naviy-axloqiy qarashlari, huquqiy savodxonligi va jamiyatdagi faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
✨ Zero, zamonaviy bilimga ega, ma’naviy barkamol va Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng katta tayanchidir.