Institutda tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning
I chorak hisobotlari tinglandi
Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo
amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida tayanch doktorantlar hamda mustaqil
izlanuvchilarning joriy yil I choragi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Hisobotlar jarayonida ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi, dissertatsiya mavzulari
doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy faoliyatni zamonaviy yondashuvlar
asosida tashkil etish, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda
belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.