"Intellektual tizimlar kafedrasi"

Intellektual tizimlar kafedrasi binosi Intellektual tizimlar kafedrasi binosi

Intellektual tizimlar kafedrasi Toshkent shahar Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik malaka instituti Kengashining 2022-yil 30-avgustdagi 1-son qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, muhandislik tizimlari fakulteti tarkibida faoliyat yuritadi
Batafsil ma'lumot

Ta'lim yo'nalishlari 1

Ta'lim yo'nalishlari

Kafedramizda zamonaviy texnologiyalar asosida ta'lim beriladi. Talabalar amaliy ko'nikmalar orttirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

  • 6-05-0713-04 Kompyuter mexatronikasi
  • 6-05-0716-06 Biotibbiyot muhandisligi
  • 7-06-0713-04 Avtomatlashtirish (Magistratura)
Batafsil ma'lumot
Professor-o'qituvchilar 2

Professor-o'qituvchilar

Kafedramizda yuqori malakali professor-o'qituvchilar jamoasi faoliyat yuritadi. Ularning ko'pchiligi xalqaro darajadagi ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

  • 1 nafar fan doktorlari
  • 5 nafar fan nomzodlari
  • 5 nafar katta o'qituvchi
  • 3 nafar assistent o'qituvchi
Batafsil ma'lumot
Ilmiy tadqiqotlar 3

Ilmiy tadqiqotlar

Kafedrada 5 nafar tayanch doktorant ilmiy raxbarlari bilan ilmiy ishlar samarali olib borilmoqda.

Batafsil ma'lumot
Laboratoriyalar 4

Ma'naviy - ma'rifiy ishlar

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlar doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:
1. Talabalarda vatanparvarlik ruhini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish;
2. Talabalarning xulq-atvor madaniyati, akademik etika va intizomini shakllantirish;
3. Huquqiy savodxonlikni oshirish va salbiy ijtimoiy holatlarning oldini olish;
4. Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni targ‘ib qilish;
5. Talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish;
6. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ma'naviy hamda tarixiy merosga hurmatni tarbiyalash;
7. Yoshlar o‘rtasida ekstremizm, korrupsiya va zararli odatlarning oldini olish.

Batafsil ma'lumot
Xalqaro hamkorlik 5

Xalqaro va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik

Kafedra xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Hamkorlik doirasida ta’lim jarayonini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘shma loyihalar asosida amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Batafsil ma'lumot